Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Shomurodov tepgan penaltini qaytargan darvozabonga O‘zbekiston klublaridan taklif bor

Shomurodov tepgan penaltini qaytargan darvozabonga O‘zbekiston klublaridan taklif bor

Qirg‘iziston terma jamoasi darvozaboni Erjan Tokatayevga Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston chempionatlaridan qiziqish bo‘lmoqda. Bu haqda jurnalist Aleksandr Troiskiy Telegram kanalida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Jahon chempionati saralashi 7-tur doirasidagi O‘zbekistonga qarshi bahsda ko‘rsatgan o‘yinidan keyin bir nechta klublar Tokatayevga aloqaga chiqqan. Ular orasida Rossiya Premyer Ligasi va Birinchi Ligasi jamoalari, Qozog‘iston hamda O‘zbekistonning ikkita klubi bor. Hozircha ushbu jamoalarning nomi oshkor qilinmagan.

Futbolchi Toshkentdagi o‘yinda 8 ta seyv amalga oshirdi va Eldor Shomurodov tomonidan amalga oshirilgan penaltini qaytardi. Shuningdek, u Sofascore tomonidan uchrashuvning eng yaxshi 2-o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi — 8,5 ball.

Erjan Tokatayev hozirda Turkiya Birinchi Ligasi jamoasi “Shanlurfasfor” safida harakat qiladi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Kiper bungacha Qirg‘izistonning “Dordoy” va “Olg‘a”, shuningdek Qozog‘istonning “Turon” hamda “Kaspiy” kabi jamoalari sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 17:06 23.03.2025. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!