Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shimoliy Koreya Sharqiy dengiz tomon ballistik raketa uchirdi

Shimoliy Koreya Sharqiy dengiz tomon ballistik raketa uchirdi

Shimoliy Koreya Sharqiy dengiz tomon noma’lum snaryad uchirgani taxmin qilinmoqda.

Bu haqda Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtab boshliqlari ma’lum qildi.

"Biz 3 oktyabr kuni soat 6:30 atrofida Shimoliy Koreyaning Vonsan hududidan Sharqiy dengiz tomon ballistik raketa uchirilganini aniqladik", deyiladi harbiylar bayonotida.

Xabarga ko‘ra, Seul Vashington va Tokio bilan razvedka ma’lumotlari almashmoqda.

Kyodo axborot agentligining ta’kidlashicha, Yaponiya Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, uchirilgan ob’ekt ballistik raketa bo‘lishi mumkin. Yaponiyalik dengizchilar qulagan vayronalarga yaqinlashmaslik haqida ogohlantirilgan.

Seulning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya oxirgi marta shunga o‘xshash raketani 20 sentyabr kuni uchirgan.

Kiritildi: 08:20 03.10.2026. O'qildi: 926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!