Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Shuningdek, o‘sha hududda stvolini Janubiy Koreya tomon yo‘naltirgan uchta zirhli jangovar mashina hamda chegara chizig‘i bo‘ylab to‘siq o‘rnatayotgan 20–30 nafar atrofidagi shimoliy koreyalik askarlar aniqlangan.
Avvalroq, Janubiy Koreya 21-sentyabr kuni Demilitarizasiya qilingan zonada sodir bo‘lgan va uch nafar janubiy koreyalik askarning yaralanishiga olib kelgan portlash uchun Shimoliy Koreyani ayblagan edi. Pxenyan esa bu ayblovlarni rad etib, BMT Xavfsizlik Kengashiga norozilik xati yo‘llagan.