Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekistonning barcha 6 jamoasi g‘alaba bilan boshladi

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekistonning barcha 6 jamoasi g‘alaba bilan boshladi

Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 1-tur uchrashuvlari yakunlandi. O‘zbekiston nomidan qatnashayotgan uchta erkaklar va uchta ayollar jamoasining barchasi musobaqani g‘alaba bilan boshladi.

Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston-1 Yamaykani 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminov o‘z partiyalarida g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston-2 Afg‘onistondan 3:1 hisobida ustun keldi. Abdumalik Abdisalimov, Muhammadzohid Suyarov va Ortiq Nig‘matov jamoaga ochko keltirgan bo‘lsa, Humoyun Begmurotov o‘z partiyasida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘zbekiston-3 esa Malini 3,5:0,5 hisobida yengdi. Almas Rahmatullayev, Muhammadali Abdurahmonov va Asrorjon Omonov g‘alaba qozondi, Saidakbar Saydaliyev esa Bakari Traore bilan durang o‘ynadi.

Ayollar bahsida ham O‘zbekiston jamoalari muvaffaqiyatli start oldi. O‘zbekiston-1 Trinidad va Tobagoni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Gulruhbegim Tohirjonova, Umida Omonova, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva va Guldona Karimova o‘z partiyalarini g‘alaba bilan yakunladi.

O‘zbekiston-2 Togoni 3:1 hisobida taslim etdi. Marjona Malikova mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Madinabonu Halilova, Asal Salimova va Mumtozbegim Mansurova g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston-3 esa Tanzaniya ustidan 4:0 hisobida ishonchli zafar quchdi. Zilola Aktamova, Maftuna Bobomurodova, Shohina Ahmedova va Barchinoy Shokirjonova raqiblarini mag‘lub etdi.

Shu tariqa, O‘zbekistonning shaxmat olimpiadasida ishtirok etayotgan barcha 6 jamoasi birinchi turni g‘alaba bilan yakunladi.

Ma’lumot uchun, Samarqand mezbonlik qilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida jami 400 ta jamoa — erkaklar o‘rtasida 208 ta, ayollar bahsida 192 ta jamoa ishtirok etmoqda. Musobaqa 16–27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:52 16.09.2026. O'qildi: 947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!