Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyov: "Malakali tibbiyot uchun shifokorning o‘zi yetarli emas"

Shavkat Mirziyov: "Malakali tibbiyot uchun shifokorning o‘zi yetarli emas"

Respublika shoshilinch yordam markazida neyroxirurgiya bo‘yicha katta maktab shakllangani, uning tajribasini hududlarga yetkazish zarurligi ta’kidlandi.

– Malakali tibbiyot uchun shifokorning o‘zi yetarli emas, yonida yaxlit jamoasi ham kerak, – dedi Prezidentimiz.

Buning uchun jarroh, anesteziolog, reanimatolog, assistent va hamshiralardan iborat yaxlit jamoalar joylarga yuboriladi. Ular quyi bo‘g‘inda tibbiy xizmat sifati va aholi ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

Bunday jamoalar har bir hududda tibbiyot xodimlarini jipslashtiradigan, bemorlarga malakali yordam ko‘rsatadigan guruhlarni tayyorlashi kerak. Ixtisoslashgan markazlarning tuman va mahallalarda ishlashi, quyi bo‘g‘in xodimlarini o‘qitishi bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

Tibbiyot guruhlari markazlarga olib kelinib, 3-4 oylik stajirovkadan o‘tkaziladi. Bu talab qolgan markazlarga ham taalluqli.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!