Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrif bilan boradi: Savdo, farmasevtika va migrasiya bo‘yicha kelishuvlar kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrif bilan boradi: Savdo, farmasevtika va migrasiya bo‘yicha kelishuvlar kutilmoqda

19-22 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19 may kuni Budapeshtga keladi.

Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibidan ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Mamlakatimiz rahbari 21 may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni Lyublyana shahrida Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan uchrashadi, ushbu mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi, qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etadi.

O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, farmasevtika, sanoat, oziq-ovqat va to‘qimachilik tarmoqlarida kooperasiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migrasiyasi sohasida hamkorlik qilish va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 19:40 16.05.2025. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!