Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Tibbiyot tizimiga "yangi qon" olib kiradigan rahbarlarni saylab, sohada o‘zgarish qilishni boshlasa, ayni muddao bo‘ladi"

Shavkat Mirziyoyev: "Tibbiyot tizimiga "yangi qon" olib kiradigan rahbarlarni saylab, sohada o‘zgarish qilishni boshlasa, ayni muddao bo‘ladi"

Mamlakatimizda tibbiyotning turli yo‘nalishlarida shifokorlarning hamjamiyatlari bor.

Prezidentimiz ayrim assosiasiyalarda yangilanishga intilish yetishmayotganini tanqid qildi. Ba’zilariga uzoq yillar bir kishi rahbarlik qilib, boshqalarga yo‘l ochilmayapti. A’zolarning xorijda malaka oshirishi va ilg‘or davolash usullarini joriy etishida assosiasiyalar faolroq bo‘lishi kerak.

Yaqinda qabul qilingan farmon bilan assosiasiyalarga katta vakolatlar berildi. Endi ularning rahbarlari a’zolar tomonidan ko‘pi bilan ikki-uch yilga saylanadigan tizimga o‘tiladi.

– O‘ylaymanki, assosiasiyalar o‘zining qurultoyini o‘tkazib, tizimga yangi muhit, “yangi qon” olib kiradigan rahbarlarni saylab, sohada o‘zgarish qilishni boshlasa, ayni muddao bo‘ladi, – dedi Prezidentimiz.

Kiritildi: Bugun 13:20. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!