Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov mahallalarga «Sharmandali mahalla», xonadonlarga esa «Uyatli xonadon» yozuvlarini ilish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
“Daryo” bergan intervyuda hokim bu shaxsiy tashabbus bo‘lganini, banner faqat videoga olish uchun ilinib, darhol olib tashlanganini aytgan. Uning ta’kidlashicha, birorta xonadon yoki mahallaga bunday banner osilmagan.
«Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz», — dedi hokim.