Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...

Davlatlar uning oldini olish uchun yetarli choralar ko‘rmayapti. deya fikr bildirdi Serbiya prezidenti

Aleksandr Vuchich bunday fikrni Axel Springer media konserni boshqaruvi raisi Matias Dyopfner podkastida bildirdi.

"Menimcha, biz katta urush yoqasida turibmiz. Shu sababli kimdir buning oldini olish uchun allaqachon choralar ko‘rgan bo‘ladi, deb umid qilgandim. Ammo bunday bo‘lmadi va yaqin orada ham bo‘lmaydi. Demak, biz bundan ancha jiddiyroq narsaning ostonasida turibmiz. Besh yildan keyin yangi dunyo tartibining shakllari bugungidan ham vayronkor vositalar orqali belgilanadi", — dedi Serbiya prezidenti.

Vuchichning fikricha, kelgusi besh yil ichida yetakchi davlatlar ko‘proq mustaqillikka va tashqi qaramlikni kamaytirishga intiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda ikkita asosiy kuch markazi — AQSh va Xitoy saqlanib qoladi. Uchinchi kuch markazi Yevropa Ittifoqi bo‘lishi kerak, biroq Vuchich Yevropaning bu maqomni egallay olishiga ishonchi komil emasligini aytdi.

To‘rtinchi ustun esa Rossiya, Hindiston va boshqa yirik mintaqaviy davlatlar bo‘ladi. Bundan tashqari, Vuchich Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida yangi ittifoq shakllanayotganini ta’kidladi.

Serbiya prezidenti Yevropa va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni ham tilga oldi. Uning fikricha, Yevropa hozir Rossiya bilan “gibrid urush” holatida.

"Siz Ukrainani qurollantirdingiz, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qildingiz. Shu bilan birga, Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatdingiz. Bu Rossiyaga qarshi gibrid urush bo‘lmasa, nima?", — dedi Vuchich.

Kiritildi: Bugun 12:23. O'qildi: 890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!