Bugun 13 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Ramzan Qodirov chechenlarning Ukrainadagi urushda qatnashishidan qochmoqda

Ramzan Qodirov chechenlarning Ukrainadagi urushda qatnashishidan qochmoqda

The Economist nashrining yozishicha, Checheniston rahbari Ukrainadagi urushni oshkora qo‘llab-quvvatlamoqda, ammo u yerga o‘z fuqarolarini yuborishga shoshilmayapti.

​Nashr eslatishicha, avvalroq Qodirov Checheniston urushga 70 880 dan ortiq jangchini yuborganini da’vo qilgan edi.

Bu respublika erkaklar aholisining 9 foizini tashkil etadi va Rossiya mintaqalari orasida eng yuqori ko‘rsatkich. Biroq, "Mediazona" ma’lumotlariga ko‘ra, 10 iyul holatiga ko‘ra halok bo‘lgan chechenlar soni atiga 539 kishini tashkil etgan. Bu Rossiyaning umumiy yo‘qotishlarining 0,2 foizini tashkil qiladi, vaholanki Checheniston hissasiga Rossiya aholisining 1,1 foizi to‘g‘ri keladi.

​Nashrning Checheniston rahbariyati bilan yaqindan aloqador manbalaridan biri "Moskvaning Ukrainada qanday manfaatlari bo‘lmasin, biz u bilan umuman bog‘liq emasmiz", deb ta’kidlaydi.

​Uning so‘zlariga ko‘ra, "rahbar vaziyatni juda yaxshi tushunadi" va "rus dunyosi" uchun o‘z xalqini qurbon qilishni xohlamaydi.

Rossiyaliklarning aksariyati urushdan charchagan, ammo chechenlarning uni yoqtirmasligi uchun alohida sabablari bor. Chunki 35 yoshdan oshgan mahalliy aholi vakillari ikkita urush davomida Rossiya qo‘shinlari Chechenistonda o‘tkazgan bombardimonlar va "tozalash amaliyotlari"ni yaxshi eslashadi.

​The Economist yozishicha, shu vaqtgacha Qodirov amalda Chechenistonda urushga majburiy safarbarlikning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu unga urushni o‘z foydasiga burish va o‘z vatandoshlarini himoya qiluvchi "millat otasi" qiyofasini mustahkamlash imkonini berdi.

"Ahmat"ning ko‘plab jangchilari urushdagi ishtirokidan ko‘ra ko‘proq ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi bilan tanilgan. ularning "qahramonona janglari" tasvirlangan videolar ko‘pincha front chizig‘idan yiroqda suratga olinadi. Hatto rossiyalik harbiy blogerlar ham ularni "TikTok-qo‘shinlari" deb ataydi. "Ular ishtirok etayotgandek ko‘rinadi, lekin ularga oshirib yubormaslik va o‘zlarini ehtiyot qilish buyurilgan", — deydi chechen rahbariyatiga yaqin manba.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 1082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!