AQSh prezidenti Donald Tramp har qanday tinchlik muzokaralari doirasida Erondan tovon puli talab qilishini aytdi. U bunga Tehron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yoki amalga oshirilgan ko‘p yillik hujumlarni sabab sifatida ko‘rsatdi.
"Eron oxirgi besh oylik harbiy nizolar davomida o‘ziga yetkazilgan zarar uchun tovon talab qilmoqda... Men ham Erondan ular so‘nggi 50 yilda turli urushlarda o‘ldirgan hamda og‘ir yaralagan barcha odamlar uchun tovon puli talab qilaman", — deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social'dagi sahifasida.
Tramp Erondan kompensasiya talab qilar ekan, 2000 yilda USS Cole harbiy kemasining portlatilishini eslab o‘tdi.
"Men o‘z vakillarimga ushbu talabni kelajakdagi barcha muzokaralarga qat’iy kiritish bo‘yicha topshiriq berdim", —dedi Oq uy rahbari.