Bugun 13 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Legionerimiz jamoasi bilan Chempionlar ligasida millionlab yevro ishlab oldi

Legionerimiz jamoasi bilan Chempionlar ligasida millionlab yevro ishlab oldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod Umarali Rahmonaliyev o‘ynayotgan Ozarbayjonning “Sabax” klubi futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasi saralash turnirining uch bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, pley-offga yetib keldi.

Bokuliklar uchinchi saralash bosqichi javob uchrashuvida Daniyaning “Orxus” klubi ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Raqib maydonida o‘tgan birinchi uchrashuvda “Sabax” raqibga 1:2 hisobida yutqazgan edi.

Endi ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, Ozarbayjon klubi pley-off bosqichiga chiqqanidan keyin qancha mablag‘ ishlab olgani ma’lum bo‘ldi.

Azerisport.com nashri xabariga ko‘ra, Boku klubi pley-off bosqichida Isroilning “Xapoel Beer-Sheva” jamoasini mag‘lub etib, Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga chiqsa, kamida 18 620 000 yevro ishlab oladi. Bunday mablag‘ asosiy bosqichning har bir ishtirokchisiga kafolatlangan tarzda beriladi.

Isroil jamoasiga mag‘lub bo‘lgan taqdirda esa, bokuliklar Yevropa Ligasining asosiy bosqichida ishtirok etadi. Bunda tushum sezilarli darajada kamayadi. UYEFA qaroriga ko‘ra, Yevrlopa ligasining asosiy bosqichida ishtirok etgan har bir jamoa uchun 4 310 000 yevro ajratiladi. Shuningdek, CHL saralash pley-off bosqichida mag‘lub bo‘lgan har bir jamoaga 4 290 000 yevro miqdorida mablag‘ beriladi.

Shunday qilib, “Sabax” jamoasi hozirning o‘zida kamida 8 600 000 yevro ishlab olishni kafolatlab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Sabax” dastlabki uch bosqichda Uelsning TNS, Finlyandiyaning KuPS va Daniyaning “Orxus” jamoalarini musobaqadan chiqarib yubordi. Jami oltita o‘yindan beshtasida zafar quchdi va bir marta daniyaliklarga yutqazdi.

“Sabax” futbolchilari birinchi uchrashuvni 19 avgust kuni Isroilda o‘tkazadi. Javob uchrashuvi 25 avgust kuni Boku shahrida tashkil etiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Umarali Rahmonaliyev joriy mavsum Yevropa Chempionlar ligasi doirasida barcha oltita uchrashuvda ham maydonga tushdi va jamoasining asosiy figuralaridan biri hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 04:21. O'qildi: 1929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!