Bu haqda Ronaldu o‘zining Instagram sahifasida e’lon qildi. Futbolchi to‘yi qaysi sanada va qayerda o‘tkazilganiga aniqlik kiritmagan.
Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges bilan 2016 yildan beri munosabatda bo‘lib kelmoqda va juftlikning ikki nafar farzandi bor.
Avvalroq joriy yilning 8 avgust kuni Krishtianu Ronalduning minglab muxlislari ommaviy axborot vositalari xabarlariga ishonib, Portugaliyaning Madeyra orolida butunlay boshqa juftlikning to‘yiga yig‘ilgani haqida xabar berilgandi.