Siyosiy tahlilchi Nikolas Lisak Eron oliy rahnamosi Mo‘jtabo Xomanaiyning “og‘ir ahvolda”ligi haqidagi xabarlarni rad etib, oliy rahbarning mart oyining o‘rtalaridayoq vafot etganini yozdi.
“Bu butun boshli tomosha shunchaki Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) tomonidan murdaning o‘limini tasdiqlash va uning o‘rniga yanada radikal va murosasiz shaxsni tayinlash uchun ishlatilayotgan uyatsizlarcha hiyladir. Aytganlarimni eslab qoling: rejim qulaydi. Eronga erkinlik”, deya yozgan tahlilchi.