Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shamolning tezligi qanday o‘lchanadi?

Shamolning tezligi qanday o‘lchanadi?

Shamol esayotganda sizga uning tezligi juda yuqoriday tuyulishi mumkin. Keyinchalik ob-havo ma’lumotini eshitganingizda, «Shamol tezligi sekuvdiga 10-15 metrni tashkil etgani»ni bilib olasiz. Shamol tezligi bizni chalg‘itishi hech gap emas. Ammo ayrim kishilar uchun shamol tezligini aniq bilib olish muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ham bu tezlikni o‘lchaydigan ilmiy usullar bor.

Ilk shamol tezligini o‘lchash asbobini angliyalik Robert Xuk 1667 yili kashf etgan. Uning nomi - anemometr.

Anemometrning turlari ko‘p, ammo bir o‘qqa o‘rnatilgan bir necha alyuminiy chashka (yarimshar shaklidagi predmet)dan iborat asbob keng tarqalgan. Ular o‘qqa erkin o‘rnatilgan bo‘lib, shamol qancha kuchli essa, shuncha tez aylanadi. Chashkalarning ma’lum bir vaqt ichida necha marta aylanganini sanab, shamolning tezligini hisoblab chiqish mumkin.

Odamlar uchishni o‘rganganlaridan so‘ng atmosfera balandliklaridagi shamol tezligini o‘lchash zarurati tug‘ildi. Shu maqsadda havo sharlari uchirilar va ular «teodolit» deb ataluvchi maxsus optik asbob yordamida kuzatilar edi. Ammo osmonni bulut qoplab, shar ko‘rinmay qolganida kuzatuv ishlarini yuritish qiyinlashardi. 1941-yili metereologik radar kashf etildi. Endilikda ushbu radar sharning harakatini bulutlar ortidan kuzatishi hamda atmosferaning yuqori qatlamlaridagi shamol tezligini o‘lchashi mumkin.

Kiritildi: 18:08 23.08.2020. O'qildi: 16087 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!