Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shahzoda Uilyam: "O‘z vataningda sevimli ingliz jamoang o‘yinlarini ko‘ra olmaslik asabiylashtiradi"

Shahzoda Uilyam: "O‘z vataningda sevimli ingliz jamoang o‘yinlarini ko‘ra olmaslik asabiylashtiradi"

Shahzoda Uilyam Angliyada shanba kunduz kuni APL o‘yinlari ko‘rsatilmasligidan norozi.

Britaniya taxti vorisi "Aston Villa" jamoasiga muxlislik qiladi.

– Men uchun "Villa Park" stadioniga borish unchalik oson emas, lekin men imkon qadar ko‘proq o‘yinlarni – stadionda yoki televizor orqali ko‘rishni yaxshi ko‘raman.

Men Chempionlar Ligasining barcha o‘yinlariga borishga harakat qildim, chunki jamoa yaxshi formada bo‘lganda bu imkoniyatdan to‘liq foydalanish kerak.

Uydagi eng katta muammo – ba’zan televizordan [translyasiyani] topishga urinish, chunki shanba kuni soat 15:00 da bizda blekaut bo‘ladi va bu juda jaxlni chiqaradi.

– Siz qaroqchi translyasiyalardan foydalansangiz bo‘lardi...

– Xa-xa, bu haqda izoh bermayman. Men Villa TV uchun pul to‘layman, shu sabab men voqealardan xabardorman.

Lekin bizning mamlakatimizda hali ham o‘z jamoamizning Premyer-ligadagi o‘yinini ko‘ra olmasligimiz juda asabiylashtiradi, biroi chet elga borsangiz istalgan o‘yinni istalgan vaqtda ko‘rishingiz mumkin" – dedi shahzoda Uilyam.

Shanba kuni tushdan keyin, ko‘pchilik o‘yinlar o‘tkaziladigan paytda, televizion translyasiyalarni to‘xtatish qoidasi 1960 yillarda joriy qilingan, bu esa muxlislarni quyi liga o‘yinlariga borishga undash maqsadida amalga oshirilgan.

Kiritildi: 14:02 15.03.2025. O'qildi: 784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!