Prof boksning yarimo‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun da’vogar Shahram G‘iyosov amerikalik Terens Krouford hamda Meksika vakili Saul Alvares o‘rtasidagi jang haqida gapirdi.
"Krouford katta pul ishlab ketmoqchi. Unga g‘alaba bo‘ladimi yoki mag‘lubiyat, farqi yo‘q. Uning finishi yaqin, yoshi ham yetib kelib qoldi. Katta pulni ishlab, sekin ketmoqchi. Bo‘ldi.
To‘g‘ri, aslida, ikkalasi ham pul uchun rozi bo‘ldi. Chunki bu jangda katta pul bor. Ikkalasi ham nomdor, ikkisini ham dunyo taniydi. Lekin vazn toifalari ko‘p narsani hal qiladi", dedi G‘iyosov.