Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Serxio Aguero "Siti" - "Real" o‘yinida 10 ming dollar yutqazdi

Serxio Aguero "Siti" - "Real" o‘yinida 10 ming dollar yutqazdi

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Serxio Aguero "Manchester Siti" va "Real" o‘rtasidagi Chempionlar ligasi pley-offining birinchi uchrashuviga qo‘ygan 10 ming dollarlik garovini boy berdi. Bu haqda Onze Mondial xabar tarqatdi.

Argentinalik futbolchi o‘yinning birinchi taymida kamida ikkita gol urilishiga pul tikkan edi. Biroq dastlabki 45 daqiqada jamoalar faqat bitta to‘p kiritishdi. Golni "shaharliklar"ning norvegiyalik markaziy hujumchisi Erling Holand urdi. O‘yin 3:2 hisobida "Real"ning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Qirollik klubi" Xosep Gvardiola jamoasiga qarshi javob uchrashuvini kelasi hafta Madridda o‘tkazadi.

Kiritildi: 14:41 13.02.2025. O'qildi: 1245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!