"Manchester Yunayted" klubining sobiq himoyachisi Nemanya Vidichning akasi vafot etdi.
Dushan kecha kechqurun Belgradda o‘lik holda topildi. Erkakning o‘limi holati va sabablari ochiqlanmagan.
Vidich akasi va oilasi haqida kamdan-kam hollarda omma oldida gapirardi. Dushan ukasi bilan Ujisening "Edinstvo" klubida birga o‘ynagan, ammo professional faoliyat olib bormagan.
Eslatib o‘tamiz, Nemanya Vidich "Srvena Zvezda", "Inter" va Yugoslaviya hamda Serbiya terma jamoalaridagi o‘yinlari bilan ham tanilgan.