Informer TV telekanalining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida 30 ga yaqin odam televideniye binosiga kirib kelgani va bosh muharrir hamda telekanal egasi Dragan Vuchichevichni o‘rab olgani ko‘rinadi. Ayrim namoyishchilar “Ozod Serbiyada shunday bo‘ladi” va “Vuchich qayerda endi?” deb hayqirdi. Ba’zilari Dragan Vuchichevichni hibsga olishga chaqirdi.
Serbiya Mustaqil jurnalistlar uyushmasi 27 oktyabr kuni Informer TV telekanalini lisenziyasidan mahrum qilish talabi bilan ariza topshiradi. Uyushmaga ko‘ra, bu telekanal qonun va dastur majburiyatlarini muntazam ravishda buzib kelgan.
Bundan tashqari, Vuchichni qo‘llovchi xususiy Pink TV telekanali binosi oldiga ham bir guruh odamlar yig‘ildi, ammo bino polisiya tomonidan o‘rab olindi.
Voyevodina mintaqasidagi RTV jamoat telekanali esa kechki yangiliklar ko‘rsatuvini tomoshabinlardan uzr so‘rash bilan boshladi. Ular bir yoqlama va tanqidsiz axborot berganliklarini tan olib, o‘z burchlarini bajarolmaganliklarini aytdi.