Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Serbiyada muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkaziladi

Serbiyada muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkaziladi

Serbiyaning bir palatali parlamentiga muddatidan oldin saylovlar 2026 yil oxirida bo‘lib o‘tadi, deb yozadi TASS.

Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ma’lum qildi

“Besh-olti oydan keyin bir qancha munisipalitetlarda saylovlar bo‘lib o‘tadi, kelasi yil oxirida navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilishini kutaman”, — dedi davlat rahbari xalqqa murojaatida.

Shuningdek, Serbiya prezidenti o‘z tarafdorlaridan parlament binosi yaqinida qurilgan chodir lagerini tarqatib yuborishni so‘rashini aytdi. Biroq Vuchich bu talabni ular bajara oladimi-yo‘qmi, bilmasligini aytdi.

Serbiyada 2024 yilning noyabr oyidan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. Novi Sad temir yo‘l vokzalida tom qulab tushdi, 16 kishi halok bo‘ldi. Namoyishchilar fojiada mamlakat rasmiylarini ayblab, muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Kiritildi: 21:36 17.12.2025. O'qildi: 228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!