Serbiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari Belgraddagi Isroil elchixonasini qo‘riqlayotgan polisiya xodimiga voyaga yetmagan shaxs tomonidan qilingan hujum holatlarini o‘rganmoqda. Hujum qilgan shaxs otib o‘ldirilgan.
Informer portali xabar berishicha, bu haqda Serbiya ichki ishlar vaziri Ivisa Dachich ma’lum qilgan.
«Shaxsi hozircha aniqlanmagan, taxminlarga ko‘ra, Shabasa shahridan bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs “Allohu akbar” deb baqirgan va polisiya xodimiga ikkita pichoq bilan hujum qilgan», — dedi Dachich.
Vazirning ta’kidlashicha, hujum qilgan shaxs o‘zini himoya qilish jarayonida otib o‘ldirilgan. Polisiya xodimi esa yengil jarohat olgan.