Serbiya va Isroil xavfsiz almashinuv tizimi orqali maxfiy harbiy ma’lumotlarni uzatish hamda mudofaa sohasidagi hamkorlikni jadallashtirishga qaratilgan bitimni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, kelishuv zamonaviy qurol-yarog‘ bitimlari va texnologiyalar transferini ham qamrab oladi.
Ushbu qadam Isroil harbiy mahsulotlarining Serbiyaga yetkazib berilishini tezlashtirish va ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.