Senegal prezidenti Bassiru Diomaye Faye mamlakat terma jamoasining Afrika millatlar kubogidagi g‘alabasi munosabati bilan dushanba, 19 yanvar sanasini dam olish kuni deb e’lon qildi.
Jurnalist Stanis Tshiamala xabariga ko‘ra, ish kuni bekor qilinganiga qaramay, ushbu sana to‘liq haq to‘lanadigan kun bo‘lib qoladi.
Kecha Senegal terma jamoasi turnir finalida musobaqa mezbonlari — Marokashni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni Papa Guye 94-daqiqada kiritdi.
Uchrashuv mojarolarga boy bo‘ldi. Avvaliga hakam mezbonlar darvozasiga urilgan golni bekor qildi, keyin esa Senegal darvozasi tomon penalti belgiladi. Bunga javoban jamoa norozilik sifatida maydonni tark etdi, biroq keyinchalik yana o‘yinga qaytdi.
Yakunda Braim Dias 11 metrlik jarima zarbasini aniq ijro eta olmadi va shundan so‘ng deyarli darhol Senegal hal qiluvchi golni urib, sovrinni qo‘lga kiritdi.