Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumkor yarim himoyachisi Lamin Yamal faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirish variantlariga ega, deb xabar beradi El Nacional.
Manbaga ko‘ra, 17 yoshli ispaniyalik futbolchining manfaatlarini himoya qilayotgan futbol agenti Jorje Mendesh "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Joan Laportani saudiyaliklarning futbolchiga bo‘lgan qiziqishi haqida ogohlantirgan. Potensial xaridorlar Lamin uchun ko‘p millionli shartnomalar taklif qilishga tayyor.
Yamalning "Barselona" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Vingerning transfer narxi 180 million yevroga baholanmoqda.