Saudiya Arabistoni jamoalari "Barselona" yetakchisi Rafinyani qo‘lga kiritishga yana bir bor urinib ko‘rishmoqchi.
Ular futbolchiga katta vakolatlar beradigan shartnoma taklif qilishmoqda. Saudlar braziliyalik futbolchi uchun yiliga 100 million yevrodan ko‘proq maosh to‘lashga rozi. Ammo Rafinyaning o‘zi Saudiyaga borish niyatida emas. U "Barselona" safida qolib, yana bir necha yil yuqori darajada futbol ko‘rsatmoqchi.
Ma’lumot uchun, Rafinya joriy mavsum 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 27 ta gol va 18 ta golli uzatma bor. U ayni paytda "Oltin to‘p"ga asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.