Uzbekistan Airways 13–28 may kunlari davomida “Haj-2025” dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga charter yo‘lovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar berdi .
Aytilishicha, ziyoratchilar Toshkent, Samarqand, Namangan, Qarshi, Termiz, Navoiy, Urganch va Nukus shaharlaridagi xalqaro aeroportlardan Madina shahriga yetkaziladi. Ushbu bosqichda 6 267 nafar ziyoratchi haj safarini amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.
Ortga, ya’ni Jidda shahridan O‘zbekistonning turli shaharlariga qaytish reyslari esa 12–29 iyun kunlari amalga oshiriladi. Bu bosqichda 15 150 nafar ziyoratchining mamlakatga qaytishi rejalashtirilgan.
Uzbekistan Airways ziyoratchilarning xavfsiz, qulay va samarali tashuvini ta’minlash maqsadida barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.