Serbiya prezidenti o‘zining Moskvaga tashrifiga xorijiy davlatlar qanday munosabat bildirishidan mutlaqo xavotirda emasligini aytdi
"Men bu yerda o‘z xalqim va mamlakatim uchun kurashish maqsadida turibman. Dunyoning boshqa biror joyida kim nima deb o‘ylashi yoki aytishi meni umuman qiziqtirmaydi. Meni serb xalqi tanlagan, meni Serbiya fuqarolari saylagan. Riga, Tallin, Vilnyus yoki boshqa joyda saylanganim yo‘q", — dedi Aleksandr Vuchich Kreml qarshisida jurnalistlarga.
"Evropa Ittifoqiga kelsak, men ishonchim komilki, Serbiya Yevropa yo‘lida qoladi. Agar kimnidir jazolamoqchi bo‘lsalar, meni jazolashsin", — deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.