“The Washington Post” nashrining yozishicha, AQSh ma’muriyati O‘zbekiston hukumatidan Amerikadan chiqarib yuborilgan, ammo boshqa davlat fuqarosi bo‘lgan shaxslarni qabul qilishni so‘ragan.
Ushbu taklifga javoban, Vashington Toshkentga siyosiy imtiyozlar — jumladan, Donald Tramp va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida telefon muloqoti yoki boshqa yuqori darajadagi diplomatik aloqalarni tashkil etishni va’da qilgan.
Shuningdek,, AQSh bu masalada ehtiyotkorlik bilan harakat qilish lozimligini ta’kidlagan. Chunki ko‘proq uchinchi davlat fuqarolarini qabul qilish O‘zbekiston hukumati uchun “haddan tashqari og‘ir bo‘lishi” mumkin .
O‘zbekiston rasmiylari mazkur taklifga hozircha rasman javob bermagan.