Favqulodda holat signalini berib, Saudiya Arabistoniga qo‘ngan flydubai aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyotini BAA va Ummon fuqarolari bo‘lgan uchuvchilar boshqargan. Bu haqda «14-kanal» xabar berdi.
«Samolyotni halokatga uchratishga uringani aytilayotgan uchuvchi — Ummon fuqarosi. Ikkinchi uchuvchi esa Birlashgan Arab Amirliklari fuqarosi», — deyiladi telekanal xabarida.