Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Oq uyning yangi matbuot kotibi o‘z turmush o‘rtog‘i Tramp bilan adashtirib yubordi

Oq uyning yangi matbuot kotibi o‘z turmush o‘rtog‘i Tramp bilan adashtirib yubordi

Oq uyning yangi matbuot kotibi Keyti Zakariya ish faoliyatining ilk kunida o‘z turmush o‘rtog‘i va AQSh prezidentini adashtirib yubordi.

Bu haqda "RIA Novosti" yozmoqda.

Brifingda Zakariyadan tig‘iz ish grafigini farzand tarbiyasi bilan qanday uyg‘unlashtirishga tayyorlanayotgani haqida so‘rashdi. U oila o‘zi uchun asosiy ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

"Mening prezidentim… Kechirasiz, mening erim. Yaxshi chiqdi lekin. U zalda qayerdadir o‘tiribdi", — dedi Zakariya va o‘z yanglishishi ustidan o‘zi ham kuldi.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, uning turmush o‘rtog‘i Kaliforniyadan uchib kelgan. Zakariya uning oilasi yaqin orada Vashingtonga ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi. U kinoprodyuser Tayler Zakariya bilan turmush qurgan. Er-xotinning to‘rt nafar farzandi bor: 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan uch o‘g‘il va bir qiz.

AQSh prezidenti Donald Tramp Keyti Zakariyaning Oq uy matbuot kotibi etib tayinlanganini 10 oktyabr kuni ma’lum qilgan edi. Undan oldin ushbu lavozimda ishlagan Kerolayn Levitt ikkinchi farzandi dunyoga kelgani va oilasiga ko‘proq vaqt ajratish istagi tufayli o‘z postini tark etgan.

Kiritildi: 10:10 14.10.2026. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!