Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQShda o‘lim jazosiga erishish uchun kameradoshini o‘ldirgan mahkum qatl etildi

AQShda o‘lim jazosiga erishish uchun kameradoshini o‘ldirgan mahkum qatl etildi

AQShning Florida shtatida seshanba kuni 63 yoshli Jeyms Robertson qatl etildi. U o‘lim jazosiga hukm qilinishiga erishish uchun kameradoshini o‘ldirganini tan olgan edi.

Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qatl qotillik sodir etilganidan deyarli 18 yil o‘tib amalga oshirilgan. Robertson o‘limga olib keluvchi in’eksiya yuborilishidan oldin so‘nggi so‘zni aytishdan bosh tortgan va taxminan 10 daqiqadan so‘ng uning o‘limi qayd etilgan.

Bundan ikki hafta oldin Tennessi shtatida Krista Paykka nisbatan o‘lim hukmini ijro etish muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi. Ushbu hodisadan keyin Robertsonning qatl etilishi Floridadagi birinchi ijro bo‘ldi. Payk pentobarbitalning ikkita dozasidan keyin ham tirik qolgan va shifoxonaga yotqizilgan edi.

Kiritildi: 10:20 14.10.2026. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!