Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Saudiya Arabistonidan 19 nafar yurtdoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Saudiya Arabistonidan 19 nafar yurtdoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Shu yilning 12-14 mart kunlari 19 nafar O‘zbekiston fuqarolari, jumladan Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar yurtimizga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olinganlar o‘z oilasi bag‘riga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga turistik vizalar bilan kelgan, biroq zarur ruxsatnomalarni olmasdan ishga joylashish maqsadida mamlakatda qolgan. Hibsga olinganlar orasida 20 yoshga to‘lmagan vatandoshlar ham bor. Ulardan ba’zilari qarindoshlariga xabar bermasdan sayohatga chiqqani oilalarda tashvish va faol qidiruvga sabab bo‘lgan.

"Xorijga chiqishni rejalashtirayotgan barcha fuqarolarimizga qabul qiluvchi davlat qonunchiligini oldindan o‘rganishni, mahalliy an’ana va me’yorlarni hurmat qilishni, shuningdek, qonuniy bo‘lish va ishga joylashish uchun barcha zarur hujjatlarni tayyorlashni qat’iy so‘raymiz. Bundan tashqari, turli vaziyatlarda muloqot qilish uchun mezbon davlat tilining asoslarini o‘rganish tavsiya qilamiz. Saudiya Arabistonida qiyin vaziyatlarga duch kelsangiz Ar-Riyoz shahridagi elchixona yoki Jiddadagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishingiz mumkin", deyilgan O‘zbekiston elchixonasi relizida.

Kiritildi: 23:52 23.03.2025. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!