AQSh Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask mamlakat korrupsiya va ortiqcha sarf-xarajatlar tufayli bankrotlik xavfi ostida ekanini aytdi.
" Agar mamlakat pulni o‘z imkoniyatlaridan ortiq sarf qilsa va pulni oqilona sarflamasa, u xuddi odam kabi bankrot bo‘ladi. Men bu erga kelganimga sabab, men Amerika korrupsiya va isrofgarchilik tufayli bankrot bo‘lishi mumkinligidan juda xavotirdaman. Agar hech narsa qilinmasa, Amerika deb nomlangan kema cho‘kib ketadi ", dedi Mask Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "hukumatning firibgarligi va isrofgarchiligi shunchalik kattaki", Qo‘shma Shtatlar har yili 2 trillion dollar yo‘qotmoqda.
Mask, shuningdek, AQSh hukumatidagi katta miqdordagi firibgarlik va isrofgarchiliklarga e’tibor qaratdi va uning so‘zlariga ko‘ra, qariyb 1 milliard dollarga tushgan milliy bog‘ haqidagi so‘rovga ishora qildi.