Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Ramazon oyi 29 kun bo‘lgani to‘g‘rimi? Ro‘zani 30 kun tutib qo‘ysa bo‘lmaydimi?

Ramazon oyi 29 kun bo‘lgani to‘g‘rimi? Ro‘zani 30 kun tutib qo‘ysa bo‘lmaydimi?

Joriy yilda ramazon oyi 29 kun davom etadi. O‘zbekiston musulmonlar idorasi ramazon oyi nima uchun 29 kun bo‘lgani yuzasidan tushintirish berdi.

Unda ta’kidlanishicha, milodiy sana oylari 28 yoki 29 hamda 30 yo 31 kunlik bo‘lgani kabi hijriy oylar, jumladan, ramazon oyi ham gohida 29, gohida 30 kunlik bo‘lishi mumkin. Hijriy oyning milodiy oydan farqi shuki, masalan, mart oyi doimiy ravishda 31 kunlik bo‘lsa, hijriy oylar hilolning yangilanishi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun qaysi oy necha kunlik bo‘lishi oyning ko‘rinishiga qarab aniqlanadi.

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam oxiratga rihlat qilgunlariga qadar to‘qqiz yil Ramazon ro‘zasini tutganlar. Shulardan aksarida ramazon oyi yigirma to‘qqiz kunlik, ozrog‘ida o‘ttiz kunlik bo‘lgan. Bu borada Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda zikr qilingan:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida 29 kun tutgan ro‘zamiz 30 kun tutganimizdan ko‘proq edi” (Imom Ahmad rivoyati).

Demak, ramazon oyi necha kun bo‘lsa, shuncha kun ro‘za tutiladi va o‘sha mukammal ro‘za hisoblanadi. Shunga ko‘ra, hech kim o‘zicha ramazon doim o‘ttiz kun bo‘ladi, deb hukm chiqarishi aslo to‘g‘ri emasdir. Bunday deyish sahih hadislar va ulamolar ijmosi (ittifoqi)ga ziddir. Ramazon oyi 29 kunlik bo‘lib kelgan taqdirda ham biz oyat va hadislarga muvofiq bir oy mukammal ro‘za tutgan bo‘lamiz”, deyiladi Musulmonlar idorasi tushuntirishida.

Kiritildi: 13:19 29.03.2025. O'qildi: 1718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!