Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin Braziliya bosh murabbiyni haydadi

Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin Braziliya bosh murabbiyni haydadi

Braziliya futbol konfederasiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Dorival Juniorni lavozimidan ozod etishga qaror qildi.

UOL nashrining yozishicha, rahbariyatning bu qarorga kelishiga Braziliya terma jamoasi 62 yoshli bosh murabbiy qo‘l ostida 2026 yilgi jahon chempionatining saralash turniri doirasida Argentinaga 1:4 hisobida yutqazib qo‘ygani sabab bo‘ldi.

Aslida Dorival Juniorga konfederasiya tomonidan e’tirozlar o‘tgan yili yozda o‘tkazilgan Amerika Kubogi davridayoq yuzaga kelgan edi.

Ta’kidlanishicha, rahbariyatga bosh murabbiy o‘ziga yordamchi sifatida o‘g‘li Lukas Silvestrni ishga olgani ham yoqmagan. Ilgari bosh murabbiy yordamichisi o‘laroq terma jamoada ishlash bo‘yicha katta tajriba to‘plagan sobiq himoyachi Juan faoliyat yuritgan.

Dorival Junior Braziliya terma jamoasini 2024 yilning yanvarida qabul qilib olgan edi. Besh karra jahon chempionlari navbatdagi mundial saralash musobaqasida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 23:23 28.03.2025. O'qildi: 2311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!