"Zarbalarni yo‘naltirish va nishonga olish Fransiya sun’iy yo‘ldosh tizimlari orqali, koordinatalarni kiritish va uchirish esa britaniyalik mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan, deb hisoblashga asos bor", - dedi Mariya Zaxarova.
Zelenskiy Rossiya energetika ob’ektlariga zarbalarni to‘xtatish uchun hech narsa qilmadi. Bu Kiyev rejimining hech qanday kelishuvga qodir emasligini isbotlaydi, deb qo‘shimcha qildi TIV rasmiy vakili.
Bugun ertalab Rossiya Mudofaa vazirligi HIMARS raketalari yordamida ikki tomonlama hujum oqibatida "Sudja" gaz o‘lchash stansiyasi deyarli butunlay vayron bo‘lganini xabar qilgan edi.