Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

MIB qarzdorning 12 ta uyini sotuvga qo‘ydi

A A A
MIB qarzdorning 12 ta uyini sotuvga qo‘ydi

Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining 14.06.2024 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “R.G” MCHJdan “Biznesni rivojlantirish banki” foydasiga jami 2,2 mlrd. so‘m kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Shirin shahar bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Qarzdor ijro ishi talablarini bajarishi yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan ogohlantirilgan, biroq kredit qarzlari to‘lanmagan.

Ijro harakatlari natijasida, qarzdorga tegishli bo‘lgan, Guliston tumani Mevazor hududida joylashgan 12 ta turar joy xatlanib, 3 mlrd. 270 mln. so‘mga baxolangan va auksion savdosiga chiqarilgan.

Kiritildi: 16:10 29.03.2025. O'qildi: 2509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!