Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Dilfuza Ismoilovani "uxlatib" ketishdi

Dilfuza Ismoilovani "uxlatib" ketishdi

O‘zbekistonlik taniqli san’atkor Dilfuza Ismoilova o‘zi qatnashadigan "gap"da tanishgan ayolning gaplariga ishonib 80 ming dollarga chuv tushdi. Bu haqda "Hudud" informasion dasturi xabar bermoqda.

Bildirilishicha, firibgarlik bilan bog‘liq mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida ko‘rilmoqda. Sudlanuvchi tomonidan san’atkordan tashqari yana bir necha fuqaro jabrlangan.

Dilfuza Ismoilovaning advokati Zebo Komilovaning aytishicha, mazkur ayol xonanda ishtirok etadigan “gap”ga qo‘shilib oladi va uning ishonchiga kiradi. “Gap”da Ismoilova ayollarga o‘zining tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi ekanini aytadi. Sudlanuvchi esa o‘zini sitrus mevalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishini, chetdan kelayotgan sitrus mevalarning har bitta furasidan 25-30 ming dollar foyda olayotganini aytib, xonandaning ishonchiga kiradi. Shundan so‘ng Dilfuza Ismoilova ham mazkur “biznes”ga pul tikkan va ayolning tuzog‘iga tushib qolgan.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi bundan oldin ham Jinoyat kodeksining aynan 168-moddasi, ya’ni firibgarlik jinoyati bilan bir necha marotaba sudlangan. Mazkur ish bilan bog‘liq sud jarayoni 3 aprel kuni davom etadi.

Kiritildi: 14:01 29.03.2025. O'qildi: 2127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!