9 oktyabr kechasi Saudiya Arabistoni Yaman poytaxti Sanoga havo hujumlarini boshladi. Al Mayadeen axborot agentligining xabar berishicha, ikkita yirik korxonaga zarbalar qayd etilgan.
Vaziyat xusiylarning Ar-Riyodning asosiy aeroportiga raketa hujumidan so‘ng avj oldi, natijada aeroportda to‘xtab turgan yo‘lovchi samolyoti butunlay yonib ketdi. Havodan mudofaa tizimi ishga tushirildi, ammo hujumni qaytara olmadi.
Kuchaygan mojaro fonida xalqaro aviakompaniyalar Saudiya Arabistoniga reyslarni bekor qilmoqda.
Avvalroq, 8 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni koalisiya kuchlarining rasmiy vakili Turki al-Malikiy xusiylar Saudiya Arabistoni aeroportlariga raketa hujumlarini uyushtirganini xabar qilgan edi. Ikkita ballistik raketa ushlandi.