Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistoni xusiylarning ballistik raketa ishlab chiqarish korxonalarini yo‘q qildi

Saudiya Arabistoni xusiylarning ballistik raketa ishlab chiqarish korxonalarini yo‘q qildi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalisiya kuchlari Yamandagi xusiylarga tegishli ballistik raketalar tarkibiy qismlari ishlab chiqariladigan bir nechta korxonaga zarba berdi.

Bu haqda alyansning rasmiy vakili Turki al-Malikiyning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy operasiya natijasida raketalarni yig‘ish va ularning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish zavodi, qattiq yoqilg‘i tayyorlash korxonasi, shuningdek, mazkur turdagi qurollar uchun elektron tizimlarni yig‘ish sexi yo‘q qilingan.

Yamanda 2014 yil avgust oyidan buyon «Ansor Alloh» harakati (xusiylar) va Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan hukumat kuchlari o‘rtasida qurolli qarama-qarshilik davom etmoqda.

Mintaqadagi keskinlik 2026 yil iyul oyida xusiylar Saudiya Arabistoniga nisbatan dengiz blokadasini e’lon qilib, uning bir nechta neft tankerlariga hujum qilganidan so‘ng kuchaygan.

Oktyabr oyida esa Yaman hukumat kuchlari qurolli guruhlar nazoratidagi hududlarni qaytarib olish maqsadida keng ko‘lamli harbiy operasiya boshlagan.

Kiritildi: 09:30 10.11.2026. O'qildi: 676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik