Moldova prezidenti Mayya Sandu aholining hokimiyat institutlari va demokratiyaga ishonchi pasayib borayotganini aytdi. U bu holatni Rossiyaning “gibrid urushi” oqibati sifatida baholadi.
“Biz odamlar hokimiyat institutlari va demokratiyaga tobora kamroq ishonayotganini ko‘ryapmiz. Biz senzura masalasida kelishishga, ijtimoiy tarmoq egalari bilan muloqot o‘rnatishga harakat qildik, ammo ular bu erkinlik masalasi ekanini aytdi. Shuning uchun vaziyat ancha murakkab”, — dedi Sandu xavfsizlik forumida.
Avvalroq Sandu Rossiya targ‘ibot maqsadlarida voqelikdan “shafqatsizlarcha” foydalanayotganini aytgan edi.