Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Samvel Babayan: «Sabr qilsak, «Andijon» faxrlanadigan darajadagi jamoaga aylanadi»

Samvel Babayan: «Sabr qilsak, «Andijon» faxrlanadigan darajadagi jamoaga aylanadi»

"Al-Ahli" - "Andijon" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida andijonliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

- Afsuski, juda muhim bahsda mag‘lubiyatga urchadik. Bu o‘yindagi ijobiy natija guruhdan chiqish imkoniyatimizni hosil qilardi. Albatta, o‘zimizdan ko‘ra kuchliroq jamoaga yutqazdik, deb o‘ylayman. Uchrashuvga uchta muhim komponentni belgilab olgandik. O‘yinni tashkil qilish, yuqori tartib-intizom va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq. Aynan shu omillarni vazifa qilib belgilagandik. Afsuski, biz faqat g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘rsata oldik, xolos. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha esa biz raqib bilan raqobatlasha olmadik. Ob’ektiv yondashadigan bo‘lsak, yigitlarni jon-jahdi bilan harakat qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular maydonda nima qilish kerak bo‘lsa barchasini bajarishdi. Umumiy ma’noda, futbolchilarga e’tiroz yo‘q. "Al-Ahli"ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. "Andijon" esa o‘ylaymanki, g‘alabalarini keyingi mavsumda davom ettiradi.

- "Andijon" uchun joriy yilgi mavsum tugadi. Endi keyingi yil uchun rejalar qanday?

- Yuqori natijalarga erishish va o‘zbek futbolida o‘z o‘rnimizni yanada mustahkamlash uchun seleksiya ishlarini amalga oshirishimiz kerak. Bu borada kerakli ishlarni amalga oshiryapmiz. Darajasi yuqori bo‘lgan o‘yinchilar bilan shartnomalar tuzdik. Keyingi mavsumda "Andijon" sharafini himoya qilishadi. O‘ylaymanki, yangi keladigan futbolchilar va olib borayotgan ishlarimiz "Andijon"ni kuchli jamoa sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Bu orqali muxlislarimizni xursand qilamiz. Sabr qilsak, "Andijon" faxrlanadigan darajadagi jamoaga aylanadi.

Manba: "Andijon" klubi matbuot xizmati

Kiritildi: Bugun 07:00. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!