Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi

Sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi

Sambo bo‘yicha 2025 yilgi Osiyo va Okeaniya chempionati 14–20 aprel kunlari Toshkentda o‘tkaziladi. Bu haqda Xalqaro sambo federasiyasi (FIAS) matbuot xizmati xabar berdi.

Turnirda sport va jangovar sambo bo‘yicha erkaklar, ayollar, o‘smirlar, qizlar va kadetlar o‘rtasida jami 88 ta medal uchun kurash kechadi. Shuningdek, yettita yosh yo‘nalishida olti vazn toifasida, qolaversa, ko‘rish qobiliyati cheklangan erkaklar o‘rtasida SVI-1 va SVI-2 toifalarida musobaqalar o‘tkaziladi.

«O‘zbekiston sambo assosiasiyasi bir nechta yirik turnirga mezbonlik qilgan. Bu yilgi musobaqalar dasturi ham juda boy. Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda raqobat ancha o‘sdi», — dedi FIAS vise-prezidenti A’lamjon Mullayev.

Kiritildi: 07:46 10.04.2025. O'qildi: 1228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!