Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi maktab stadionida Nexia haydovchisi mashinasini odamlar ustiga haydadi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.
Mazkur hodisani sodir etgan haydovchi topilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi. Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
«Futbolda jamoamiz yutqazib qo‘ygani uchun jahl ustida shu ishni qilgandim. Bu ishdan pushaymonman», — dedi haydovchi.