2025 yil 4 noyabr kuni (O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri) YUNESKO Bosh Konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Turk sivilizasiyasining boyligi va chuqurligini aks ettiruvchi noyob loyihalarning yuksak darajadagi taqdimoti Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi.
Tadbir davomida “Turk dunyocining madaniy kodi” nomli ko‘p tilli “Turk dunyocining madaniy merosi katalogi” taqdim etildi. Ushbu loyiha “Turk dunyosi – 2040” konsepsiyasi va “TURKTIME” strategik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti janob Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan, Turk davlatlari rahbarlari qo‘llab-quvvatlagan ko‘p jildli, ko‘p tilli “Turk xalq og‘zaki ijodi merosi” (“Heritage of Turkic Folklore”) antologiyasi ham namoyish etildi.
Taqdimotdan so‘ng, 2025 yil 3 noyabrda YUNESKO Bosh Konferensiyasining 43-sessiyasi tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq, 15 dekabr “Turk tillari oilasi kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi prezidenti, xonim Aktoti Raymqulova YUNESKO va O‘zbekiston Respublikasiga samimiy mehmondo‘stlik hamda tadbirni o‘tkazishda ko‘rsatgan yordami uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. O‘z nutqida u mazkur loyihalarda faol ishtirok etgan olimlar, mutaxassislar va Maslahatchi qo‘mita a’zolarini tabriklab, bu nashrlar Turk dunyocini birlashtiruvchi ma’naviy ko‘prikka aylanganini ta’kidladi.
Nutq so‘zlaganlar orasida “Turk dunyocining madaniy kodi” katalogi loyihasining kuratisi janob Rustam Muzaffarov hamda O‘zbekistondan taniqli olim, “Turk xalq og‘zaki ijodi merosi” antologiyasi mualliflaridan biri janob Jo‘ppor Eshonqulov ham bor edi. Ular bu nashrlarning ahamiyatini ta’kidlab, Turk madaniyati va merosi jamg‘armasining Turk dunyoci madaniy merosini asrab-avaylash va targ‘ib etishdagi hissasini yuksak baholadilar.
Faxriy mehmonlar orasida Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti maslahatchisi janob Arslan Koychiyev; Turkiya Respublikasi Adolat va taraqqiyot partiyasi rais o‘rinbosari prof. dr. Kyurshad Zorlu; hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti prof. dr. Bahrom Abduxalimovlar ishtirok etdilar. Mehmonlar Turk tillarining boyligi va umumiy ma’naviy ildizlarini e’tirof etuvchi ushbu tarixiy qarorning ahamiyatini alohida qayd etib, tadbirni tashkil etishda Turk madaniyati va merosi jamg‘armasining sa’y-harakatlarini yuksak qadrladilar.
Shuningdek, Ozarbayjon Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakili elchi janob Elman Abdulayev; Qozog‘iston Respublikasining fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari janob Talg‘at Yeshenqulov; Turkmanistonning Fransiya Respublikasidagi elchisi va YUNESKOdagi doimiy vakili Maksat Chariyev; hamda Vengriyaning YUNESKOdagi doimiy vakili o‘rinbosari xonim Kinga Simon nutq so‘zladilar.
Tadbirda Qozog‘iston Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakili janob Asqar Abdraymanov; Qirg‘iz Respublikasining Fransiyadagi elchisi va YUNESKOdagi doimiy vakili janob Sodiq Sher-Niyoz; Turkiya Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakili xonim Gyulnur Aybet; O‘zbekiston Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakili janob Kamol Mo‘htarov; hamda Turkiya Respublikasining YUNESKO milliy komissiyasi raisi professor Өjal O‘g‘uz faol ishtirok etdilar.
Shuningdek, Belgiya, Ekvador, Fransiya, Latviya, Ummon, Qatar, Venesuela va Chexiya davlatlarining YUNESKOdagi doimiy delegasiyalari vakillari, O‘zbekistonda akkreditasiyadan o‘tgan diplomatik korpus a’zolari, xalqaro tashkilotlar, madaniy muassasalar, Turk madaniyatiga qiziquvchi xorijiy mehmonlar va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Kechaning yakunida Turk madaniyati va merosi elchilari — TURAN etno-folklor ansambli chiqishlari bilan davom etdi. Ularning Turk musiqiy san’atining nodir namunalari bilan ijro etgan konsert dasturi tomoshabinlar tomonidan iliq olqishlar bilan qarshi olindi.