Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda mojaroga sabab bo‘lgan binoni buzish boshlandi (video)

Samarqandda mojaroga sabab bo‘lgan binoni buzish boshlandi (video)

Samarqand shahrining "Konigil" mahallasidan joy olgan va mahalliy aholi orasida “qo‘ziqorin shaklidagi uy” sifatida mashhur bo‘lgan noqonuniy 12 qavatli binoni buzish ishlari boshlandi.

Qurilish vazirligi ma’lumotiga ko‘ra:
— Bino hech qanday loyiha hujjatlari va ruxsatnomalarsiz qurilgan;
— Egasi uni 2012 yilda qo‘shnilar roziligiga tayanib qurishni boshlagan;
— Ilk reja 9 qavat bo‘lgan, keyin yana 3 chodirsimon qavat qo‘shilib, bo‘yi 35 metrgacha yetgan;
— 2022 yil iyulda sud binoni buzish haqida qaror chiqargan, ammo amalga oshirilmay kelingan.

Hozirgi paytda binoda yashash va foydalanish rasman taqiqlangan, shu bilan birga, birinchi qavatda noqonuniy kafe ham ishlab turgani aniqlangan.

Kiritildi: 09:23 29.07.2025. O'qildi: 2359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!