Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Samarqandda 20 kg.dan ortiq giyohvandlik vositasi kontrabandasi fosh etildi

Samarqandda 20 kg.dan ortiq giyohvandlik vositasi kontrabandasi fosh etildi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi narkotik modda kontrabandasiga chek qo‘yildi.

Xususan, Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan birining 1971 y.t. fuqarosi hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan qo‘shni respublika fuqarosi bilan til biriktirib, o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Renault” rusumli yuk avtomashinasida giyohvandlik vositasini xorijdan O‘zbekistonga olib kelgan.

Viloyat Bojxona va Ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda mazkur chet el fuqarosi vaqtinchalik istiqomat qilayotgan Ishtixon tumanidagi uyni ko‘zdan kechirish jarayonida sof og‘irligi 20 kg 239 gr bo‘lgan ekstraksiyali opiy borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ta’kidlash lozim, narkotik modda yuk avtomashinasining xufiyona joyiga hamda 2 dona akkumulyator ichiga yashirilgan holda olib kelingan.

Hozirda xorijlik fuqaro va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu holatga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:01. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!