Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqand kuzda bo‘lib o‘tadigan Osiyo infratuzilma investisiya bankining yillik yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Samarqand kuzda bo‘lib o‘tadigan Osiyo infratuzilma investisiya bankining yillik yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Osiyo infratuzilma investisiya bankining (OIIB) Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 9-yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining telegram-kanali xabariga ko‘ra, yig‘ilish "Barcha uchun barqaror infratuzilmani yaratish" mavzusida tashkil etiladi.

Yillik yig‘ilish 25-26 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

OIIBning asosiy tadbiri bo‘lgan Yillik yig‘ilish Bank yutuqlarini namoyish qilish va aksiyadorlarning fikr-mulohazalarini eshitish imkonini beradi hamda OIIBga a’zo mamlakatlardan Bank boshqaruvchilari va delegatlarini, shuningdek, Bank hamkorlari va mijozlarini, biznes liderlarini, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va butun dunyo bo‘ylab ekspertlarni birlashtirgan muloqot platformasi bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston OIIBning ta’sischi davlatlaridan biri hisoblanadi. Bankning mamlakatimizdagi umumiy investisiya portfeli 3 milliard dollardan oshadi. OIIB va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida imzolangan uch yillik investisiya dasturi doirasida yana 2 milliard dollarlik loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Yillik yig‘ilish haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni aiib.com saytidan yoki annualmeeting@aiib.org elektron pochta manziliga murojaat qilib olish mumkin.

Kiritildi: 16:09 31.05.2024. O'qildi: 1242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!