Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Salohning keyingi manzili qayer bo‘lishi oydinlashdi

Salohning keyingi manzili qayer bo‘lishi oydinlashdi

Hammasi Muhammad Salohning shu yozda «Liverpul»ni tark etishiga qarab bormoqda. Winwin nashriga tayanib Transfer News Live xabar berishicha, Salohning keyingi klubi Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasi bo‘lishi mumkin.

Matbuot allaqachon Salohni Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi bilan bog‘lamoqda. «Liverpul» misrlik futbolchining amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qolganda, uni sotib yuborib, mablag‘ ishlab olishni rejalashtirgan.

Saloh «Liverpul» safida jami 425 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 251 ta gol urdi va sheriklariga 119 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nufuzli Transfermarkt portali Salohni 30 million yevroga baholamoqda. Iyun oyida Muhammad o‘zining 34 yoshini nishonlaydi.

Kiritildi: 23:49 05.02.2026. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!